Drayverlar Oson

Mobil printerni Android telefonga Bluetooth orqali ulash

Telefonda Bluetooth → qurilmani toping (odatda modeli nomida), PIN 0000 yoki 1234, keyin kassa ilovasida printerni tanlang. Drayver kerak emas.

  1. Printerni yoqing (ko'k indikator miltillaydi — ulanishga tayyor).
  2. Telefonda Sozlamalar → Bluetooth → Yangi qurilma. Ro'yxatdan printerni tanlang (nomi XP-…, DX5, MP3 yoki Printer_XXXX).
  3. PIN so'ralsa 0000 yoki 1234 kiriting.
  4. Kassa ilovasida (Poster, iiko, Uzum Seller, 1C Mobile, Loyverse) Printer qo'shish → Bluetooth va juftlangan printerni tanlang. Qog'oz kengligi: 58 mm (DX5, OP1, MP3) yoki 80 mm (XP-P816).
  5. Test chek chiqaring.

Agar ulanmasa

  • Printer boshqa telefonga ulangan — u yerda Bluetooth'ni o'chiring, printerni qayta yoqing.
  • Telefon printerni ko'rmaydi — printerni telefonga yaqin qo'ying, 20 soniya kuting.
  • Ulanadi, lekin chop etmaydi — ilovada ESC/POS tanlanganini va 58/80 mm to'g'ri ko'rsatilganini tekshiring.

Ko'p modellar USB orqali kompyuterga ham ulanadi — unda oddiy Windows drayveri kerak.

Yordam bermadimi?

Tekshirilgan servis markazi printerni ko'rib chiqadi. Kafolat 12 oy — O'zbekiston bo'ylab.

Xprinter.uz yordamchisi
Katalog va sayt bo'yicha javob beradi
Assalomu alaykum! Xprinter printerlari, xususiyatlari, drayverlar yoki biz bilan bog'lanish haqida so'rang. O'zbek yoki rus tilida yozishingiz mumkin.