Muammoni hal qilish O'rta

Chekda tushunarsiz belgilar (iyerogliflar) chiqadi

Kod sahifasi (codepage) mos kelmaydi yoki COM tezligi noto'g'ri. Utilitada codepage'ni CP866 / CP1251 (kirill) ga qo'ying, COM da 9600 yoki 115200 ni tekshiring, drayver o'z modelingizga bo'lsin.

Hamma joyda belgilar, hatto raqamlar ham

Bu ulanish tezligi (baud rate) yoki noto'g'ri drayver.

  • COM/seriya ulanishda: Windows → Qurilma menejeri → COM port → 9600 va printerdagi tezlik bir xil bo'lsin (test sahifasida yozilgan).
  • USB da: drayver boshqa modelga o'rnatilgan — o'chirib, o'z modelingiz drayverini qo'ying.
  • Etiket printeriga chek drayveri (yoki aksincha) o'rnatilgan — TSPL va ESC/POS aralashgan.

Lotin to'g'ri, kirill noto'g'ri

Bu kod sahifasi. Utilitada Codepage → CP866 (ko'p 1C konfiguratsiyalari) yoki CP1251 (Windows-1251). Dasturda ham shu kod sahifasini tanlang. Yangi modellar UTF-8 ni ham qo'llaydi — ikkalasi bir xil bo'lsin.

O'zbek harflari (oʻ, gʻ, ʼ) noto'g'ri

Kirill kod sahifalarida bu harflar yo'q. Yechim: dastur chekni grafik (rasm) rejimida yuborsin (1C da «Печать как картинка», Poster/iiko da o'zi shunday) yoki UTF-8 qo'llaydigan modelda UTF-8.

Chek o'rtasida bir qancha tasodifiy belgi

Kabel yoki quvvat bloki sifatsiz — kabelni almashtiring, USB hub o'rniga to'g'ridan-to'g'ri ulang.

Yordam bermadimi?

Tekshirilgan servis markazi printerni ko'rib chiqadi. Kafolat 12 oy — O'zbekiston bo'ylab.

Xprinter.uz yordamchisi
Katalog va sayt bo'yicha javob beradi
Assalomu alaykum! Xprinter printerlari, xususiyatlari, drayverlar yoki biz bilan bog'lanish haqida so'rang. O'zbek yoki rus tilida yozishingiz mumkin.