- Rulonni o'lchang: etiket kengligi × uzunligi (mm) va etiketlar orasidagi oraliq (odatda 2–3 mm). Masalan, 58×40, oraliq 3.
- Drayverda o'lchamni to'g'rilang: Printing Preferences → Page Setup → o'sha o'lcham. Dastur shablonida ham (Uzum PDF, 1C, dizayner) — bir xil. Batafsil.
- Sensor turi: Stock → Labels with gaps (oq oraliqli), Black mark (orqasida qora chiziq), Continuous (uzluksiz). Noto'g'ri sensor — printer har safar "adashadi".
- Kalibrovka: FEED ni 2–3 soniya bosib turing. Qanday.
- Rulon joylashuvi: yon tomondagi plastik yo'naltiruvchilar rulonni zich ushlasin — qiyshiq ketmasin.
Har ikkinchi etiket bo'sh
Dastur hujjatni 2 sahifa qilib yuboradi (shablon etiketdan uzunroq). Shablon uzunligini etiketdan 1–2 mm kichik qiling.
Bosma yuqori/pastga surilgan
Drayverda Vertical offset / Shift (yoki TSPL OFFSET) ni ±1–3 mm o'zgartiring.
Yordam bermadimi?
Tekshirilgan servis markazi printerni ko'rib chiqadi. Kafolat 12 oy — O'zbekiston bo'ylab.