1. Qog'oz teskari (eng ko'p uchraydi)
Rulonni olib, aylantirib qo'ying. Tekshirish: qog'ozni tirnoq bilan tez tirnang — qora iz qolgan tomon termo qatlam, u pastdan chiqib printer boshiga qaragan bo'lishi kerak.
2. Qog'oz termo emas
Oddiy ofis qog'ozi yoki faks qog'ozi bilan termoprinter bosmaydi. Faqat termo chek lentasi ishlaydi.
3. Qopqoq to'liq yopilmagan
Qopqoqni ikkala tomondan bosib, "shchelk" eshitilguncha yoping. Ko'p modellar qopqoq ochiq bo'lsa, qog'ozni suradi, lekin bosmaydi.
4. Zichlik minimalda
Utilitada Density ni oshiring (qanday). Test sahifasi ham oq chiqsa — bu 1–3 bandlar.
5. Dastur bo'sh hujjat yuboradi
Test sahifasi normal chiqsa, muammo dasturda: shrift/kod sahifasi noto'g'ri yoki drayver boshqa modelga. Test sahifasini chop eting va natijani solishtiring.
6. Bosh (head) ishdan chiqqan
Barchasi to'g'ri, lekin oq — bosh issiq elementi yonib ketgan bo'lishi mumkin. Servis markaziga murojaat qiling; kafolat 12 oy.
Yordam bermadimi?
Tekshirilgan servis markazi printerni ko'rib chiqadi. Kafolat 12 oy — O'zbekiston bo'ylab.